“Farg’ona Dori-Darmon” AJ aksiyadorlarining umumiy yig’ilishini o’tqazish haqida
Hurmatli aksiyadorlar! “Farg’ona Dori Darmon” AJ (Yuridik manzil: Farg’ona shahar, Al-Farg’oniy kuchasi, 50-uy, elektron pochta manzili: info@ferdoridarmon.uz, telefon: (0595) 400-93-64) Sizga 2023 yil 22 iyun soat 1000 da Qo’qon shahar, Turon ko’chasi, 76 – uyda aksiyadorlik jamiyatimiz aksiyadorlarining 2022 – yil yakuni bo’yicha navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi bo’lib o’tishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro’yxati 2023– yil 16 – iyun kuni holati shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishi kun tartibi quyidacha:
- Umumiy yig’ilishi Reglamentini рamda sanoq komissiyasi a’zolari soni va tarkibini tasdiqlash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2022 yilda amalga oshirgan ishlari bo’yicha hisobotlarini tasdiqlash.
- Jamiyat Boshqaruv raisining 2022 yil yakuni bo’yicha jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish
bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar, jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyati yakunlari va biznes reja
bajarilishi to’g’risida xisobotini tasdiqlash.
- 2022 yil yakuni bo’yicha buxgalteriya balansi, foyda va zararlari hisob- varag’ini tasdiqlash.
- 2022 yil yakuni bo’yicha jamiyat tashqi auditorining xulosasini tasdiqlash.
- 2022 yil uchun moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi natijalari bo’yicha taftish komissiyasining hisobotini
tasdiqlash.
- 2022 yil moliyaviy – xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha olingan sof foydani taqsimlash, dividend
miqdori, uni to’lash shakli, tartibi va muddatlarini belgilash.
- Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
- Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
- Jamiyat 2023 moliyaviy yilda majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini
belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to’lanadigan eng ko’p haq miqdori va u bilan shartnoma
tuzish to’g’risida qaror qabul qilish.
- Jamiyatning 2023 yil uchun tuzilgan biznes rejasini tasdiqlash.
- Jamiyat boshqaruv raisi bilan tuzilgan bilan mexnat shartnomasini uzaytirish.
- Jamiyat ijro organi a’zolarini qayta saylash.
- Jamiyat affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo’jalik faoliyati jarayonida
tuzilishi mumkin bo’lgan bitimlarni ma’qullash.
- Jamiyatda 2022 yil yakuni bo’yicha korporativ boshkaruv tizimini mustakil baxolanishi natijalarini
ma’qullash.
- Jamiyatning o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydasi va 2022 yil yakuni bo’yicha olingan sof foyda
hisobidan ustav fondini kapitalizasiya yo’li bilan oshirish.
- Qo’shimcha aksiyalar chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish, aksiyalarni joylashtirish tartibi va
shartlarini belgilash. Qo’shimcha aksiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qarorni tasdiqlash.
Siz aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi to’g’risidagi quyidagi ma’lumotlar bilan jamiyatda yoki jamiyatning rasmiy veb sayti www.ferdoridarmon.uz orqali tanishishingiz mumkin: jamiyatning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlari xisob – varag’ini, jamiyatning yillik moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasi va auditorlik tashkilotining xulosasi, korporativ boshkaruv tizimini baxolash buyicha xulosasi, jamiyat ijro organi rahbari va a’zolari nomzodlar to’g’risida ma’lumot, jamiyatning kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi a’zoligiga nomzodlar to’g’risidagi ma’lumotlar.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishi qatnashchilari shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan hamda aksiyador vakili esa O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxslar uchun notarial rasmiylashtirilgan, yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs tomonidan berilgan) bilan qatnashishlari shart.
Kuzatuv kengashi.
Thanks!
Our editors are notified.