Nigeriya meningitga qarshi yangi “inqilobiy” Men5CV vaktsinasini qoʼllagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi, deya xabar bermoqda Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST).

Nigeriya Afrikada halokatli kasallik tarqalishining qaynoq nuqtalaridan biri hisoblanadi. JSST maʼlumotlariga koʼra, oʼtgan yili meningit uchun giperendemik deb hisoblangan Afrikaning 26 mamlakatida kasallanishlar 50 foizga oshgan.

Vaktsinaning Nigeriyada joriy etilishi — 2030 yilgacha meningitni yoʼq qilish maqsadiga bir qadam yaqinlashtiradi, dedi JSST bosh direktori Tedros Gebreisus. bayonotida.

JSST maʼlumotlariga koʼra, oʼtgan yilning oktyabridan joriy yilning mart oyining oʼrtalariga qadar nigeriyalik shifokorlar tomonidan 1742 holatda meningitga shubha qilingan, shundan 153 ta holat oʼlim bilan yakunlangan.

JSST maʼlumotlariga koʼra, faqat bitta shtammga qarshi ishlaydigan oldingi vaktsinadan farqli oʼlaroq, yangi vaktsina Nigeriyada keng tarqalgan kasallikning beshta asosiy shtammlaridan himoya qiladi.

  • 15.Apr.2024

Thanks!

Our editors are notified.