АQShning Pensilvaniya universiteti olimlari saraton kasalligini davolashga qaratilgan yangi usulni sinovdan muvaffaqiyatli oʼtkazdi.

Аytish joizki, kimyoterapiya bugungi kunda onkologik xastaliklarga qarshi asosiy vositalardan biri. Buning uchun odatda foton nurlanish usulidan keng foydalaniladi.

Biroq soʼnggi izlanishlar flesh-terapiya deb nomlangan proton nurlanish samaradorligi yuqoriligini tasdiqlamoqda. Chunki bu usul sogʼlom toʼqimalarga kamroq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.

Tadqiqotchilar xulosasiga koʼra, flesh-terapiya anʼanaviy nur muolajalariga nisbatan nojoʼya taʼsirlar xavfini uchdan ikki qismga kamaytiradi.

Qolaversa, davolash kursi faqat bir martalik va uning davomiyligi atigi bir soniyaga teng. Zarrachalar massasi katta boʼlganligi sababli proton nurlari bemorning kasallikdan zararlangan qismiga aniqroq yoʼnaltiriladi. Bu esa qoʼshni toʼqimalar va organlarga minimal darajada salbiy taʼsir koʼrsatadi.

Olimlar proton nurlanishdan foydalanish metodologiyasi va ekspress seanslar uchun optimal dozalarni ishlab chiqdi. Tez orada flesh-terapiya saraton muolajasida keng ommalashishi mumkin.

  • 04.Yan.2024

Thanks!

Our editors are notified.