2022 yil 1 sentyabrdan Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yurtimizda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish test-rejimida amaliyotga tatbiq etilgan edi.

Hozirga kelib, bu jarayonlar toʼliq yakunlanib, 2024 yil 1 yanvardan respublikaning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalarini faqat elektron shaklda rasmiylashtirish belgilandi.

Kasallik varaqalarini shakllantirishda 2 ta rol belgilangan:

Yaratuvchi (mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuritishga masʼul tibbiy xodimlar: IT-operator hamshira, bosh hamshira yoki boshqa tibbiy xodim);

Tasdiqlovchi (bosh shifokor, uning oʼrinbosari, mudir).

Shuningdek, hozirda respublika tashkilotlari, xususiy klinikalar, Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimida boʼlmagan boshqa vazirlik va idoralar tibbiy qismlarining rasmiy murojaati boʼyicha ularga tasdiqlash rollari berilyapti.

Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reestri” (my.gov.uz) axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy taʼminotiga elektron shaklda yuboriladi.

Xususiy tashkilotlar xodimining mehnatga layoqatsizlik varaqalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarini olish uchun Mehnat.uz axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy taʼminotiga integratsiya qilingan boʼlishi lozim.

  • 12.Fev.2024

Thanks!

Our editors are notified.