Hozirgacha butun mamlakat bo’ylab 2168 kishi koronavirus infektsiyasidan davolandi.
Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 bemor davolandi va reabilitatsiya qilindi. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi xabar berdi.

Bemorlarning hammasi Samarqand viloyatidan (5 nafari Oqdaryo tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan, 2 nafari Toyloq tumanidan) koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada bo’lganlar. Ulardan 5 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar, eng kattasi 33 yoshda, eng kichigi 2019 yilda tug’ilgan.

Hozirgacha viloyatda 144 nafar bemor to’liq davolangan bo’lsa, hozirda 154 kishi bu kasallikdan butunlay tuzaldi.

Thanks!

Our editors are notified.