Qalqonsimon bez yodni oziq-ovqatdan olib, uni gormonlar – tiroksin va triyodotironin ishlab chiqarish uchun kerak bo`lgan yodga aylantiradi.

Bu tanamizdagi nafaqat mikroelementni o`zlashtiradigan, balki yetishmovchilik oldini olib yodni zahira qilib qo`yadigan yagona bez.

Mamlakatimiz yod tanqisligi bo‘lgan hududda joylashgan. Shuning uchun, ratsiondagi yod darajasini kuzatish muhimdir, ayniqsa homiladorlik davrida.Yod yetishmasligi qalqonsimon bezning shishishi, gipoterioz, doimiy charchash, yurak-qon tomir tizimi va miya faoliyatining buzilishiga olib keladi.

Tarkibida yod eng ko’p bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari bu:

▫ kam yog’li baliq, masalan, treska;

▫ jigarrang dengiz o’tlari (kombu, vakame);

▫ sut, yogurt, tvorog, pishloq.

Ogoh bo’ling: yodning tavsiya etilgan dozasidan oshib ketish ba’zi haddan tashqari sezgir odamlarda qalqonsimon bezning disfunktsiyasiga olib kelishi mumkin, shuning uchun dengiz o’tlarini kuniga 5 maxal iste’mol qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  • 19.Iyul.2023

Thanks!

Our editors are notified.