O‘zbekistonda 14-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 8 kishiga oshib, 2620 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilishlaricha, 8 ta yangi kasallanish holatining 4 tasi xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 tasi ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, bir nafari Qozog‘istondan kelgan.
Hozirda davolanishni davom ettirayotgan jami 533 nafar bemorning 11 nafari og‘ir ahvolda. “Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.
Avvalroq, 13-may soat 23:00 holatiga ko‘ra jami kasallanish holatlari soni 2612 taga yetgani, o‘sha vaqtda davolanishda bo‘lgan 525 bemordan 12 nafarining ahvoli og‘irligi ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, 13-may holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2076 nafarga yetgan, infeksiya asoratlari oqibatida 11 kishi vafot etgan.
Thanks!
Our editors are notified.