“Farg‘ona Dori-darmon» AJ tomonidan e’lon qilingan dividendlarni to‘lash davom etmoqda. Shu munosabat bilan 2018-2020 yillar yakuni bo‘yicha e’lon qilingan dividend mablag‘larini olmagan aksiyadorlar jamiyatning quyidagi manziliga murojaat qilishlarini hamda to‘lovni amalga oshirish uchun zarur xujjat va ma’lumotlarni takdim etishlarini so‘raymiz.

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy ko‘chasi 50-uy,

Murojaat yoki qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: (+99895) 400 93 64

Elektron pochta manzili: info@ferdoridarmon.uz

                                                      

      Eslatma*-  Dividendlarni olish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar dividendlarni olish uchun o‘z  shaxsini tasdiqlovchi xujjat va to‘lov rekvizitlarini jamiyatga taqdim etishlari zarur.

      Aksiyadorlarning vakillari esa yuqoridagi xujjatlarga qo‘shimcha ravishda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan xujjatlar (ishonchnoma yoki meros ishiga oid xujjatlar yoxud qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa xujjatlar) ni ham taqdim etishlari lozim.

 

Jamiyat boshqaruvi

  • 17.Yan.2022

Thanks!

Our editors are notified.