Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Аssambleyasining 1988 yilidagi qaroriga asosan, 1 dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu kunda OITS bilan ogʼriganlarni qoʼllab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish boʼyicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish ishlari olib boriladi.

Maʼlumotlarga koʼra, yurtimizda 48 mingdan ortiq shaxsga OIV kasalligi tashxisi qoʼyilgan.

Soʼnggi 5 yilda OIV infektsiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortdi. Hukumatimiz tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80 foizni tashkil etdi.

Davlat byudjeti hamda OITS, bezgak va silga qarshi kurash boʼyicha Global jamgʼarma mablagʼlari hisobidan qariyb 7 million АQSh dollari miqdorida retrovirusga qarshi dori vositalari xarid qilinib, 40 ming nafardan ortiq bemor virusga qarshi terapiya bilan qamrab olingan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Аssambleyasi tomonidan 2030 yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun «95-95-95» strategiyasi olgʼa surilgan.

“95-95-95” tamoyiliga koʼra, OIV yuqtirgan bemorlarning 95 foizi oʼz statusini bilishi, 95 foizi maxsus terapiya bilan qamrab olinishi, 95 foizida virus yuklamasining past darajaga tushishiga 2025 yilgacha erishish va 2030 yilda OITS kasalligi yuqishiga barham berish maqsad qilib olingan.

  • 01.Dek.2023

Thanks!

Our editors are notified.