X A B A R N O M A

“Farg’ona Dori-Darmon” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari

umumiy yig’ilishini o’tqazish haqida

Hurmatli aksiyadorlar! “Farg’ona Dori Darmon” aksiyadorlik jamiyati (Yuridik manzil: Farg’ona shahar, Al-Farg’oniy kuchasi, 50-uy, elektron pochta manzili: info@ferdoridarmon.uz, telefon: (+89891) 617-23-12) Sizga 2023yil 12 oktyabrsoat 1000 da Qo’qon shahar, Turon ko’chasi, 76 – uydaaksiyadorlik jamiyatimiz aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi bo’lib o’tishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqariumumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro’yxati 202yil 9 oktyabrkuni holatigashakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi kun tartibi quyidagicha:

 

  • 1.Umumiy yig’ilishi Reglamentini xamda sanoq komissiyasi a’zolari soni va tarkibini tasdiqlash.
  • 2.Jamiyat aksiyadorlarining 2022 yil yakunlari bo’yicha 2023 yil 22 iyun kuni o’tkazilgan navbatdagi umumiy yig’ilishida 7-masalasi “2022 yil moliyaviy – xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha olingan sof foydani taqsimlash, dividend miqdori, uni to’lash shakli, tartibi va muddatlarini belgilash” yuzasidan qabul qilingan qarorini qayta ko’rib chiqish.
  • 3.Jamiyat aksiyadorlarining 2022 yil yakunlari bo’yicha 2023 yil 22 iyun kuni o’tkazilgan navbatdagi umumiy yig’ilishida 16-masalasi “Jamiyatning o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydasi va 2022 yil yakuni bo’yicha olingan sof foyda hisobidan ustav fondini kapitalizasiya yo’li bilan oshirish”yuzasidan qabul qilingan qarorini bekor qilish.
  • 4.Jamiyat aksiyadorlarining 2022 yil yakunlari bo’yicha 2023 yil 22 iyun kuni o’tkazilgan navbatdagi umumiy yig’ilishida 17-masalasi “Qo’shimcha aksiyalar chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish, aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash. Qo’shimcha aksiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qarorni tasdiqlash” yuzasidan qabul qilingan qarorini bekor qilish.
  • 5.Jamiyat Ijro organi tarkibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.

Siz aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan jamiyatda yoki jamiyatning rasmiy veb sayti www.ferdoridarmon.uz orqali tanishishingiz mumkin.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqariumumiy yig’ilishi qatnashchilari shaxsni tasdiqlovchi xujjat bilan hamda aksiyador vakili esa O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxslar uchun notarial rasmiylashtirilgan, yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs tomonidan berilgan) bilan qatnashishlari shart.

 

Kuzatuv Kengashi.

  • 19.Sep.2023

Thanks!

Our editors are notified.